Yor dudogʻin boliga koʻz tegmasin,
Gul yuz uzra xoliga koʻz tegmasin.
Lablaringning oliga koʻz tegmasin,
Omadu iqboliga koʻz tegmasin.
Tegmasin-ey, tegmasin-ey!
Koʻz tegmasin!
Husni oy birlan talashur, hoynahoy,
Senda koʻpmu yoki menda deb chiroy.
Buncha ham shakling goʻzal, san`atga boyli,
Dilbarim xush holiga koʻz tegmasin.
Tegmasin-ey, tegmasin-ey!
Koʻz tegmasin!
Ofarin der barcha qunduz qoshiga,
Tahsin aylab yor oʻn sakkiz yoshiga,
Ishq eli maftun husn naqqoshiga,
Ul pari timsoliga koʻz tegmasin.
Tegmasin-ey, tegmasin-ey!
Koʻz tegmasin!
Yor dudogʻin boliga koʻz tegmasin,
Gul yuz uzra xoliga koʻz tegmasin.
Koʻz tegmasin,
Koʻz tegmasin!
Sato Guruhi - Ko'z Tegmasin Şarkı Sözüne henüz yorum yapılmamış. Sato Guruhi - Ko'z Tegmasin şarkı sözüne ilk yorumu siz yaparak katkıda bulunabilirsiniz.;